ISHLAB CHIQARUVCHILAR UCHUN
KAIZEN ASOSLARI
  • 25+
    muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar
  • 325+
    trening va seminarlardagi tinglovchilar
  • 20%-100%
    loyiha davomida kompaniyalar samaradorligi oshdi
Muxamedov Abdulaziz kim?

Next Generation Development konsalting kompaniyasi va BIwork loyihasi asoschisi. Hozirda Ernst and Young (Buyuk Britaniya), Internationale Projekt Consult (Germaniya) konsalting kompaniyalarida boshqaruv va operatsion samaradorlik bo'yicha konsultant bo'lib ishlaydi.

Professional karyerasi davomida Janubiy Koreyaning Dr.One, O'zbekistondagi Uzauto, Texnopark kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mijozlarimiz erishgan natijalar
  • Kaizen transformatsiya loyihasi natijasida kompaniyada ishlab chiqarish jarayonlari optimallashtirildi va ishlab chiqarish hajmi
    60% ga oshirildi. Jarayonlarning tizimlashtirilishi resurslardan samaraliroq foydalanish imkonini berdi.

  • Bo‘yoq tsexida amalga oshirilgan Kaizen loyihasi doirasida ish jarayonlari qayta tahlil qilinib, ortiqcha harakatlar va kutishlar qisqartirildi hamda ish oqimi optimallashtirildi. Natijada ishlab chiqarish samaradorligi 45% ga oshdi, mahsulotning sexdan chiqish tezligi esa 3 barobarga ortdi.
  • Xalqaro pochtamt jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha natijasida ish jarayonlari qayta tashkil qilindi va operatsion samaradorlik 100% dan ortiq oshirildi.

  • Kompaniyada jarayonlarni tizimlashtirish va operatsion boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyiha natijasida biznes yanada strukturali holatga keltirildi hamda kompaniya
    $1 million miqdorida investitsiya jalb qildi.
KAIZEN orqali biznesingiz foydasini oshirmoqchimisiz?
0
250+
Made on
Tilda